platina.uz
Jamiyat

Qoʻpol yoʻl qoidabuzarliklari uchun jazo kuchaytiriladi

Transport boshqarish huquqiga ega boʻlmagan yoki bu huquqdan mahrum qilingan shaxs tomonidan sodir etilgan yoʻl bezorligi uchun avtomashinani musodara qilish yoki vaqtincha olib qoʻyish taklif etildi. 

Qoʻpol yoʻl qoidabuzarliklari uchun jazo kuchaytiriladi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan javobgarlikni kuchaytiriladi. Bu haqda YHXX boshligʻi Sherzod Ibragimov maʼlum qildi.

Aytilishicha, idoralararo ishchi guruh tomonidan tayyorlangan takliflar davlat rahbariga taqdim etilgan.

Takliflarga koʻra, besh turdagi qoʻpol qoidabuzarlik uchun transport vositasini vaqtincha olib qoʻyish, voyaga yetmaganlarga avtomobil boshqarishni topshirganlik uchun alohida maʼmuriy javobgarlik joriy etish, noqonuniy poygalar uchun jazoni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, transport boshqarish huquqiga ega boʻlmagan yoki bu huquqdan mahrum qilingan shaxs tomonidan sodir etilgan yoʻl bezorligi uchun avtomashinani musodara qilish yoki vaqtincha olib qoʻyish taklif qilinmoqda.

Mast holda transport boshqargan shaxslarga nisbatan 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosini qoʻllash, qoʻpol qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarni esa bir yil davomida jarimani chegirma bilan toʻlash huquqidan mahrum qilish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsga avtomobil boshqarishni topshirish oqibatida odamlar jarohatlansa yoki halok boʻlsa, bu holatlar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

Mazkur takliflar qabul qilinsa, yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi jazo choralari sezilarli darajada kuchaytiriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid