Psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini ishlab chiqarganlar 10 yilgacha qamalishi mumkin
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish boʻyicha jazo ham kuchaytiriladi.

Giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi.
Qonun (OʻRQ–1151-son, 11.06.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish,
- 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash,
-3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish,
- 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʻgʻrilik yoki firibgarlik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash,
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
