platina.uz
Jamiyat

Namangan va Samarqandda profilaktika inspektorlari ushlandi

Samarqandda inspektor mansabdor tanishlari orqali sobiq IIB xodimining tizimga qayta ishga tiklanishida yordam berish evaziga 7 ming AQSh dollari olgan. 

Namangan va Samarqandda profilaktika inspektorlari ushlandi

Namangan va Samarqandda profilaktika inspektorlari ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahar IIO FMB profilaktika inspektorining noqonuniy harakati fosh etildi.

Inspektor mansabdor tanishlari orqali sobiq ichki ishlar xodimining tizimga qayta ishga tiklanishida yordam berish evaziga 7 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Namangan viloyati Chust tumani IIB profilaktika inspektori 1994 y.t. fuqaroga nisbatan kelib tushgan arizani koʻrmasdan qoldirganligini roʻkach qilib, undan 2 ming AQSh dollari talab qilgan va joriy yilning fevral oyida 700 AQSh dollari olgan.

Inspektor oʻzining noqonuniy harakatini davom ettirib, fuqarodan qolgan 1300 dollarni hamda kelgusida unga “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasi orqali chorva mollarini noqonuniy olib oʻtishida rahnamolik qilish evaziga 2000 dollar, jami 3300 AQSh dollari soʻragan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u mazkur pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda profilaktika inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165 va 168-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid