platina.uz
Jamiyat

Kadastr agentligiga rahbar va oʻrinbosarlar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. 

Kadastr agentligiga rahbar va oʻrinbosarlar tayinlandi

Kadastr agentligiga direktor tayinlandi.

​11 iyun kuni Kadastr agentligida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev olib bordi. Yigʻilishda Kadastr tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi vaziyat va oldinda turgan asosiy vazifalar tahlil qilindi.

​Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Prezidentning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Sadriddin Turdiyev shu paytga qadar prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Shuningdek, Prezident Administratsiya rahbarining farmoyishi bilan:

​Fayzullayev Murat Muxtarovich Kadastr agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

​Xafizov Alisher Abduazizovich Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga;

​Mirmaqsudov Mirsaid Sadikovich Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga;

​Abdullayev Toʻlqin Mansurovich Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

​Shuningdek, Abdushukr Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

​Yigʻilish yakunida kadastr organlari mutasaddilari oldida turgan asosiy vazifalar belgilab berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid