platina.uz
Jamiyat

Firibgarlikda ayblangan shaxs Moldovadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Mazkur shaxsga nisbatan xalqaro qidiruv Oʻzbekiston Interpol MMB tomonidan Interpol kanallari orqali eʼlon qilingan. 

Firibgarlikda ayblangan shaxs Moldovadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpolning Oʻzbekiston va Moldova Milliy markaziy byurolari hamkorligidagi muvofiqlashtirilgan tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Kishinyov shahridan muvaffaqiyatli ekstraditsiya qilindi.

Mazkur shaxsga nisbatan xalqaro qidiruv Oʻzbekiston Interpol MMB tomonidan Interpol kanallari orqali eʼlon qilingan.

Uning joylashuvini aniqlash va qoʻlga olishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Interpol MMB Moldova Interpol MMB bilan doimiy axborot almashinuvini hamda hamkorlikdagi harakatlarni yoʻlga qoʻygan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi shaxsning turgan joyi aniqlanib, Moldova Respublikasi hududida qoʻlga olindi.

Zarur ekstraditsiya jarayonlari yakunlangach, qidiruvdagi shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli idoralariga topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid