platina.uz
Jamiyat

Andijondagi tibbiyot birlashmasida 4 xodim halok boʻldi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov-surishtiruv ishlari boshlandi. 

Andijondagi tibbiyot birlashmasida 4 xodim halok boʻldi

Marhamat tumanidagi tibbiyot birlashmasining 4 nafar texnik xodimi halok boʻldi.

Marhamat tumanidagi Markaziy poliklinika hududida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida tibbiyot birlashmasining 4 nafar texnik xodimi halok boʻldi.

Rasmiy maʼlumotga koʻra, hodisa 10 iyun kuni Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasa hududida xizmat vazifalarini bajarish jarayonida yuz bergan. Oqibatda texnik xodimlar I. Nishonov, M. Matxoliqov, Q. Mamajonov hamda L. Qosimov vafot etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sabablari va unga sabab boʻlgan omillar qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrganilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid