platina.uz
Jamiyat

Tarixiy obrazlardan foydalanib reklama ishlagan kompaniya jarimaga tortildi

“NIKA PHARM” MChJ tomonidan dori reklamasida Amir Temur, Alisher Navoiy, Yuliy Sezar, Napaleon Bonapart, Jorj Vashington siymolaridan foydalanilgan. 

Tarixiy obrazlardan foydalanib reklama ishlagan kompaniya jarimaga tortildi

Tarixiy shaxslar obrazlaridan foydalanib, dori reklamasida axloq va maʼnaviyat normalarini buzgan "NIKA PHARM" MChJga moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali axloq va maʼnaviyatning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq boʻlmagan reklama-axborotlarini joylashtirish (tarqatish) holatlari mavjudligi qayd etilmoqda, bu esa reklamadan foydalanuvchilarning (aholining) keskin muhokamalariga sabab boʻlmoqda (tanqidiy ruhdagi izohlar oshib bormoqda).

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda “NIKA PHARM” MChJ tomonidan “Rinoksil Formula+” dori vositasi reklamasida buyuk sarkarda Amir Temur, taniqli davlat arbobi va notiq Jordj Vashington, buyuk olim va tabib Avitsenna (Ibn Sino), buyuk qoʻmondon Yuliy Sezar, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy, davlat arbobi, sarkarda Napaleon Bonopart kabi tarixiy shaxslarning obrazlaridan foydalanib, "ushbu dori vositasini ular tomonidan ishlatilganda" deya, turli holatlarda namoyish etilgan.

Maʼlumki, tarixda ulkan meros qoldirgan buyuk shaxslar xotirasiga hurmat-ehtirom xalqimizning mehr-muhabbatini ifodalaydi, biroq ushbu dori vositasini bunday koʻrinishda reklama qilinishi taniqli tarixiy shaxslarga, shu jumladan buyuk ajdodlarimizga nisbatan hurmatsizlik, axloq va maʼnaviyatimizga zid boʻlgan tarzda ularning obrazlaridan foydalanilgan.

Misol uchun, xalqimizda Amir Temur adolat, kuch va haqiqat yetakchisi, Alisher Navoiy sheʼriyat mulkining sultoni sifatida eʼtirof etilsa, Yuliy Sezar qadimgi Rim siyosiy arbobi, harbiy sarkarda va yozuvchi sanaladi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasida reklamada milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanishi koʻrsatib oʻtilgan.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “NIKA PHARM” MChJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunida belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid