Oʻn nafar sudya vakolat muddati davriga qayta tayinlandi
Timur Abdramanov muddatsiz davrga Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashining 2026 yil 10 iyundagi qaroriga asosan 10 nafar sudya sudyalik vakolati muddati davriga qayta tayinlandi.
Sudyalar oliy kengashining 2026 yil 10 iyundagi qarori bilan ayrim sudlarga sudyalar tayinlandi va lavozimdan ozod etildi.
Jumladan, Abdramanov Timur Biysenbayevich — muddatsiz davrga Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Kurbanov Jaʼfar Xayrullayevich — Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining tergov sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi (Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining tergov sudyasi lavozimidan ozod etildi).
Qaxramonov Alijon Qaxramonovich — Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining tergov sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi (Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Oqqoʻrgʻon tuman sudining tergov sudyasi lavozimidan ozod etildi).
Karimov Jahongir Toʻymurotovich — Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi (Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi).
Omonov Umidjon Olimjonovich — Fargʻona viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi (Andijon viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi).
Qambarov Nasibillo Toxirovich — Andijon viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi (Fargʻona viloyati Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi).
Rozumbetov Elmurod Kamiljanovich — Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi (Xorazm viloyati Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi).
Matmusayev Ikrorjon Ibroximovich — 5 yil muddatga Fargʻona viloyati Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi (Andijon viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi).
Isakov Zafarbek Baxodirovich — 5 yil muddatga Xorazm viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi (Xorazm viloyat sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod etildi).
Qazaqov Maxmud Baxodirovich — 5 yil muddatga Xorazm viloyati Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi (Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod etildi).
