Binyamin Netanyahu yana saylovlarda qatnashishini bildirdi
U ilk bor 1996 yilda bosh vazir boʻlgandi. Soʻrovnomalarga koʻra, isroilliklarning taxminan 60 foizi Netanyaxuning qayta saylanishiga qarshi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yaqinlashib kelayotgan Knesset saylovlarida ishtirok etadi.
Bu haqda hukmron "Likud" partiyasi eʼlon qildi.
76 yoshli Benyamin Netanyaxu 1996 yildan 1999 yilgacha, 2009 yildan 2021 yilgacha va 2022 yildan hozirgi kungacha bosh vazir boʻlib ishlagan. U mamlakat tarixidagi eng uzoq vaqt xizmat qilgan bosh vazirdir.
Yaqinlashib kelayotgan saylovlarning aniq sanasi hali aniqlanmagan; ular 27 oktabrga belgilangan, deb xabar beradi The Times of Israel.
Bu Isroilning 2023 yil 7 oktabrdagi Hamas hujumidan keyingi birinchi saylovlari boʻladi.
Reuters agentligi Isroil Demokratiya Instituti tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga tayanib, bosh vazir koalitsiyasi saylovlarda koʻpchilik ovozni qoʻlga kirita olmasligini bashorat qilmoqda, chunki isroilliklarning taxminan 60 foizi Netanyaxuning qayta saylanishiga qarshi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri yana nomzodini qoʻyishiga shubha bildirdi: "Bilmadim, u ajoyib martabaga ega edi. U davom etishni xohlaydimi? Chunki, bilasizki, u urush davridagi bosh vazir".
