platina.uz
Jamiyat

Terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 nafar shaxsga sud hukmi oʻqildi

Ular Suriyadagi “Gʻuroba katibasi” terroristik tashkiloti media-blogeri, Qirgʻiziston fuqarosi Abdulmuhsin Usmonovning taʼsiriga tushishgan. 

Terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 nafar shaxsga sud hukmi oʻqildi

Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda terrorizmni moliyalashtirish jinoyatini sodir etgan bir guruh shaxslar faoliyatiga chek qoʻyildi.

Xususan, Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Andijon va Fargʻona viloyatlarida yashovchi, 1987 va 1998 yillar oraligʻida tugʻilgan 8 nafar fuqaro Suriya davlatidagi “Gʻuroba katibasi” terroristik tashkiloti media-blogeri, Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi, 1996 y.t. Abdulmuhsin Usmonovning gʻoyaviy-psixologik taʼsirlari oqibatida unga tegishli hisob-raqamlarga pul oʻtkazib berishgan.

​“Saad Muxtor” taxallusli mazkur shaxs “Telegram” messenjeri orqali Falastinda jabr koʻrgan musulmonlarga ehson qilish niqobi ostida pul yigʻish bilan shugʻullangan. Toʻplangan mablagʻlar esa Suriyadagi terrorchilar uchun sarflangan.

​Sud hukmi bilan qonunbuzarlarning 7 nafariga 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 1 nafariga 4 yil 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

​Jinoyat Kodeksining 155-3-moddasiga koʻra, terrorizmni moliyalashtirish – 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid