platina.uz
Jamiyat

Tahlil: Toshkentda uy-joy ijarasi takliflari kamaydi

Eng yuqori ijara narxlari Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroyda shakllandi. 

Tahlil: Toshkentda uy-joy ijarasi takliflari kamaydi

Toshkent uy-joy ijara bozori tahlil qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2026 yilning may oyida Toshkent shahridagi uy-joy ijara bozori tahlil qilindi.

Umumiy median ijara narxi 550 AQSh dollari darajasida saqlanib qoldi.

2026 yil may oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining umumiy median narxi 550 dollarni tashkil etdi. Bu aprel oyidagi koʻrsatkich bilan bir xil, 2025 yil may oyidagiga nisbatan esa 10% yuqori.

Ijara takliflari soni sezilarli darajada qisqardi.

May oyida ijara eʼlonlari soni 18,1 mingtaga tushdi. Bu aprel oyidagi 22,8 mingta eʼlonga nisbatan qariyb 21% kam:

- 2026 yil yanvar–mart: 22,6 mingta (oʻrtacha)

- 2026-yil aprel: 22,8 mingta

- 2026-yil may: 18,1 mingta

Taklif hajmi boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumani yetakchi.

Eʼlonlarning eng katta qismi uchta tumanda jamlangan:

- Mirzo Ulugʻbek: 16,9%

- Mirobod: 12,9%

- Yunusobod: 12,6%

Top 3 ta tuman jami takliflarning 42,4%ini qamrab oldi.

Eng yuqori ijara narxlari Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroyda shakllanmoqda.

Toshkent ijara bozorida hudud omili narxga sezilarli taʼsir qilmoqda. Ayniqsa 3 xonali va 4+ xonali uy-joylar boʻyicha qimmat va arzon hududlar oʻrtasidagi tafovut 2 barobardan yuqori.

Xonalar soni boʻyicha eng qimmat va nisbatan arzon hududlar:

- 1 xonali: Mirobodda 600 dollar, Olmazor, Sergeli va Uchtepada 350 dollar

- 2 xonali: Mirobod va Shayxontohurda 700 dollar, Sergeli va Uchtepada 400 dollar

-3 xonali: Mirobod va Shayxontohurda 1000 dollar, Sergeli va Uchtepada 450 dollar

- 4+ xonali: Mirobodda 1150 dollar, Yakkasaroyda 1100 dollar, nisbatan arzon hududlarda 500-550 dollar.

Bozorning asosiy segmenti 2 xonali xonadonlar boʻlib qolmoqda.

May oyida ijara eʼlonlarining 86%ga yaqini 2 va 3 xonali xonadonlar hissasiga toʻgʻri keldi.

- 2 xonali xonadonlar: 59,6%

- 3 xonali xonadonlar: 26,0%

- 1 xonali xonadonlar: 10,9%

- 4+ xonali xonadonlar: 3,5%

Xonalar kesimida narx dinamikasi turlicha shakllandi.

- 1 xonali: 400 dollar, yillik oʻsish 14,3%

- 2 xonali: 500 dollar, yillik oʻzgarish 0,0%

- 3 xonali: 700 dollar, yillik oʻzgarish 0,0%

- 4+ xonali: 800 dollar, yillik pasayish 20,0%

Xulosa: 2026 yil may oyida Toshkent ijara bozorida umumiy median narx barqaror saqlanib qoldi. Biroq hududlar va xonalar soni kesimida tafovut yuqoriligicha qolmoqda. Bozor taklifi asosan 2 xonali xonadonlar atrofida jamlangan. 1 xonali xonadonlarda narxlarning yillik oʻsishi yuqori, 4+ xonali segmentda esa pasayish kuzatilmoqda.

Investorlar uchun: 1 xonali xonadonlar narxining yillik oʻsishi ushbu segmentda likvidlik nisbatan yuqori ekanini koʻrsatadi.

Ijarachilar uchun: 1 xonali xonadonlarda narx bosimi yuqoriroq. 4+ xonali xonadonlarda esa kelishuv imkoniyati kengroq boʻlishi mumkin.

Mulkdorlar uchun: ijara narxini belgilashda shahar boʻyicha umumiy medianaga emas, aniq tuman, xonalar soni va segmentdagi taklif hajmiga tayanish muhim.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid