Sudyalar daromadlari va mol-mulki boʻyicha deklaratsiya topshiradi
Sud apparati xodimlari faoliyatidagi korrupsiya, shubhali sxemalar va intizom buzilishlariga olib keluvchi boʻshliqlarni aniqlash boʻyicha elektron tizim ishga tushiriladi.

Sudyalar daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisida deklaratsiya topshiradi.
“Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–106-son, 08.06.2026 y.) qabul qilindi.
Sudyalar oliy kengashi 2026 yil 1 sentabrga qadar:
-sudyalar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki toʻgʻrisidagi deklaratsiyani Kengashga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini;
Oliy sud 2027 yil 1 mayga qadar:
- sud apparati xodimlari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki toʻgʻrisidagi deklaratsiyani Oliy sudga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan elektron tizimini;
- sud apparati xodimlari faoliyatidagi korrupsiya, shubhali sxemalar va intizom buzilishlariga olib keluvchi boʻshliqlarni aniqlab, ularni bartaraf etish, sud apparati xodimlari faoliyatini monitoring qilish imkonini beruvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish elektron axborot tizimini ishga tushiradi.
Sud apparati xodimlari kasb masʼuliyatini yanada chuqur his etishlari maqsadida mansab darajasiga ega boʻlgan sud apparati xodimlari uchun ixtisoslashgan xizmat kiyimini joriy etiladi.
