platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga hamdardlik bildirdi

Filippin qirgʻoqlarida sodir boʻlgan zilzila 32 kishining hayotiga zomin boʻldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. 

Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga hamdardlik bildirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Filippin Respublikasi Mindanao orolining janubiy sohillarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Ferdinand Markosga taʼziya yoʻlladi.

​Davlat rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.

Filippin qirgʻoqlarida sodir boʻlgan zilzila 32 kishining hayotiga zomin boʻldi va 134 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Reuters agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib. Ularning soʻzlariga koʻra, oʻlim asosan uylarning qulashi va koʻchkilar natijasida boʻlgan.

Taxminan 700 000 aholiga ega General Santos shahri eng katta zarar koʻrdi.

Zilzila magnitudasi 7,8 magnitudani tashkil etdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid