platina.uz
Iqtisod

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vaziri oʻrinbosari bilan uchrashdi

Tomonlar Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi hamkorlik, savdo, investitsiyalar hamda sheriklikning yangi yoʻnalishlari xususida fikr almashdi. 

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vaziri oʻrinbosari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vaziri oʻrinbosari Devid Fogel bilan uchrashdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi hamkorlik, jumladan, savdo, investitsiyalar hamda sheriklikning yangi yoʻnalishlari xususida fikr almashdi.

“Hozirda Amerika biznes doiralari mamlakatimizdagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga tobora katta qiziqish bildirmoqda. Ushbu eʼtibor yaqin istiqbolda aniq kelishuvlar, yangi ish oʻrinlari va iqtisodiyot uchun keng imkoniyatlarga aylanishi juda muhim”, — dedi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, suhbat chogʻida ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli muloqotni va amaliy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashib kelayotgan Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati alohida koʻrib chiqildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid