Niderlandiya penaltidan urilgan gollar evaziga Oʻzbekistonni magʻlub etdi
Fabio Kannavaro shogirdlari soʻnggi daqiqalarda durangni saqlab qola olmadilar.

Niderlandiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini yakunlandi.
Uchrashuvda yevropaliklar kichik farq bilan gʻalaba qozondi. Dastlab, 32-daqiqada raqib penaltidan hisobni ochdi.
90+2 daqiqada Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi. Lekin oʻyin deyarli tugaganda niderlandiyaliklar yana penaltidan gol urishdi.
Niderlandiya – Oʻzbekiston 2:1
Gollar: 1:0 – 32, Kodi Gakpo (penalti), 1:1 – 90+2, Igor Sergeyev, 2:1 – 90+8, Kodi Gakpo
Niderlandiya: 1. Bart Verbryuggen (23. Mark Flekken, 67), 22. Denzel Dumfris, 6. Yan Pol van Xekke, 4. Virjil van Deyk (s), 15. Mikki van de Ven, 8. Rayan Gravenberx, 14. Tijjani Reynders, 21. Frenki de Yong (16. Gus Til, 72), 24. Krisensio Sammervill, 18. Doniell Malen (19. Brayan Brobbi, 65), 11. Kodi Gakpo.
Oʻzbekiston: 1. Oʻtkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farruh Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 6. Akmal Mozgovoy, 7. Otabek Shukurov, 11. Oston Oʻrunov (17. Dostonbek Hamdamov, 54), 13. Sherzod Nasrullayev, 14. Eldor Shomurodov (21. Igor Sergeyev, 77), 22. Abbosbek Fayzullayev (8. Jamshid Iskandarov, 78), 26. Jahongir Oʻrozov.
