platina.uz
Jamiyat

Mehnat sohasida terining rangi va siyosiy qarashlar boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi

 Mehnat kodeksini mehnat va mashgʻulotlar sohasida shahvoniy shilqimlikka yoʻl qoʻymaslikka oid yangi norma bilan toʻldirish taklif etildi. 

Mehnat sohasida terining rangi va siyosiy qarashlar boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi

Mehnat sohasida siyosiy qarashlar va terining rangi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi, barchaning qonun oldida tengligi hamda har qanday kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsiplari mustahkamlangani bu boradagi islohotlarning huquqiy asosini yanada kuchaytirdi.

​Qonunchilik taklifi Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining 111-sonli Konvensiyasi normalari milliy qonunchilikka izchil joriy etiladi.

Unga koʻra, Mehnat kodeksida mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitish belgilari qatori “terisining rangi” va “siyosiy qarashlar” tushunchalari bilan toʻldirilmoqda.

​Shuningdek, qonunchilik taklifida mehnat munosabatlarida inson shaʼni va qadr-qimmatini taʼminlash, ish joylarida shahvoniy shilqimlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

​Xususan, Mehnat kodeksini mehnat va mashgʻulotlar sohasida shahvoniy shilqimlikka yoʻl qoʻymaslikka oid yangi norma bilan toʻldirish taklif etilmoqda.

​Qonunchilik taklifining qabul qilinishi fuqarolarning mehnat huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish, xalqaro mehnat standartlariga sodiqlikni amalda namoyish etish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida.

​Muhokamalardan soʻng mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid