platina.uz
Jamiyat

Istanbulda 6 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

Fotih tumanidagi tramvay bekatida baxtsiz hodisa yuz berdi. 

Istanbulda 6 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

Istanbulda 6 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh konsulxonasi xabar berdi.

2026 yil 8 iyun kuni Istanbul shahrining Fotih tumani, Laleli mavzesidagi tramvay bekatida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida 6 yoshli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etdi.

Vafot etgan fuqaro ota-ona va yaqinlari bilan birga Turkiyaga sayyoh sifatida kelishgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, voyaga yetmagan fuqaro tramvaydan tushganidan soʻng bekat va tramvay relslari oraligʻida qisilib qolgan hamda transport vositasining harakatlanishi natijasida ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida hayotdan koʻz yumgan.

Hozirda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi hamda zarur konsullik-huquqiy koʻmak koʻrsatish choralarini koʻrmoqda.

Istanbul shahrining megapolis sifatida yoʻl-transport infratuzilmasi va jamoat transporti serqatnovligini inobatga olgan holda, voyaga yetmagan farzandlarni nazoratsiz qoldirmaslikni va ularning xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid