Toshkent viloyati hokimiga ham oʻrinbosarlar tayinlandi
Ruslan Kunarov Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini egalladi.

Toshkent viloyati hokimiga oʻrinbosarlar tayinlandi.
Kunarov Ruslan Rustamovich Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur lavozim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan boshqa hududlardan farqli ravishda Toshkent viloyati uchun joriy etildi.
Ruslan Kunarov 1986 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. Soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar Yangiyoʻl tumanidagi “BIO KORM” xususiy korxonasining Ishlab chiqarish masalasi boʻyicha maslahatchisi vazifasida xizmat qilayotgan edi.
Mamajonov Jahongir Anvarjonovich Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Mamajonov 1978 yilda Andijon viloyatida tugʻilgan. Moliya va iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar AQShdagi "GM Group” kompaniyalari bosh direktori vazifasida xizmat qilayotgan edi.
Avvalroq Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosarlar tayinlangandi.
