platina.uz
Jamiyat

Qobil Hamdamov Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi

U hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan. 

Qobil Hamdamov Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi

Nurafshon shahriga hokim tayinlandi.

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha galdagi muhim vazifalar yuzasidan maʼruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Hamdamov Qobil Murodqulovich nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid