Nurafshon shahar hokimi Ilhom Qilichxonov lavozimidan ozod etildi
U 2023 yildan buyon mazkur lavozimda ishlab kelayotgandi.

Nurafshon shahar hokimi Ilhom Qilichxonov lavozimidan ozod etildi.
Shu munosabat bilan Zoyir Mirzayev va faollar Ilhom Qilichxonovning shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻlidagi mehnatini eʼtirof etib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi, deyiladi Toshkent viloyati hokimligi xabarida.
Shuningdek, bugun viloyatda bir qator tashkiliy masalalar koʻrib chiqilishi kutilmoqda.
Ilhom Qilichxonov 1986 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2007 yil Toshkent davlat texnika universiteti, 2014 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichini, 2018 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. U 2023 yildan buyon Nurafshon shahri hokimi edi.
U biroz avval Zoyir Mirzayev tomonidan jazolangan, shuningdek prezident ham lavozimga loyiqligini koʻrib chiqishini aytgandi.
