platina.uz
Jamiyat

Andijon viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Elmurod Ismoilov Andijon viloyat hokimining oʻrinbosari-viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. 

Andijon viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Otabayev Abdusattor Xalimjonovich Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Otabayev Abdusattor Xalimjonovich 1976 yilda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1998 yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, 51411-sonli harbiy qismi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisi vazifasida faoliyat olib borgan.

Ismoilov Elmurod Roʻziboyevich Andijon viloyat hokimining oʻrinbosari-viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Ismoilov Elmurod Roʻziboyevich 1987 yilda Asaka tumanida tugʻilgan. 2014 yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyati hokimligi investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid