platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston Hindiston bilan JST boʻyicha yakuniy protokolni imzoladi

Dehli bilan texnik tekshiruv va protokol matnini muvofiqlashtirish uchun muayyan saʼy-harakatlar talab etildi. Shunga qaramay, bozorga kirish masalalarining mohiyati boʻyicha Hindiston konstruktiv yondashuv namoyish etdi. 

Oʻzbekiston Hindiston bilan JST boʻyicha yakuniy protokolni imzoladi

Oʻzbekiston va Hindiston mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishi jarayoni doirasida Bozorga kirish boʻyicha muzokaralar yakunlangani toʻgʻrisidagi protokolni imzoladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining JST masalalari boʻyicha vakili, bosh muzokarachi Azizbek Oʻrunov oʻzining Linkedinʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, 2024 yilda Hindiston tomoni bilan ushbu masala boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

Biroq Dehli bilan texnik tekshiruv va protokol matnini muvofiqlashtirish uchun muayyan saʼy-harakatlar talab etildi. Shunga qaramay, bozorga kirish masalalarining mohiyati boʻyicha Hindiston konstruktiv yondashuv namoyish etdi.

Azizbek Oʻrunov Hindistonga Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi, shuningdek, Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamda Hindistonning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi hissasini alohida qayd etdi.

Bosh muzokarachining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston tomoni ushbu hujjat mamlakatimizning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha materiallarning umumiy paketiga kiritilishi va konsolidatsiya qilinishi uchun protokolning bir asl nusxasini zudlik bilan mazkur xalqaro tashkilot Kotibiyatiga topshiradi.

Oʻzbekiston JSTga toʻlaqonli aʼzolikni joriy yil rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid