platina.uz
Jamiyat

19 nafar mansabdor ishdan olindi

Ular aholi murojaatlari bilan ishlashda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan.

19 nafar mansabdor ishdan olindi

Aholi murojaatlari bilan ishlashda qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻygan tashkilot va idoralarda ichki xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan, 19 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Prezident xalq qabulxonasi axborot xizmati xabar berdi.

Xalq qabulxonasi 2026 yil 1 apreldagi PF-51-son farmon ijrosi doirasida hamda aholi murojaatlari vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida murojaatlar boʻyicha oʻrganish oʻtkazgan.

Oʻrganishlar natijasida 41 ta vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari buzilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Xalq qabulxonasi tegishli tashkilotlar rahbarlariga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish, masʼul xodimlarni javobgarlikka tortish hamda kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli choralar koʻrish talabi bilan nazorat xatlari yuborgan.

Tahlillarga koʻra, hisobot davrida murojaatlarning ijro muddatlarini eng koʻp buzgan TOP-10 hokimlik, vazirlik va idoralar quyidagilar:

  • Andijon viloyati hokimligi – 137
  • Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi – 107
  • Surxondaryo viloyati hokimligi – 103
  • Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi – 79
  • Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi – 65
  • Toshkent shahar hokimligi – 55
  • Qashqadaryo viloyati hokimligi – 45
  • Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi – 45
  • Namangan viloyati hokimligi – 44

Shuningdek, 600 ga yaqin murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan hamda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tegishli choralar koʻrmagan 13 ta vazirlik va idoralarga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid