platina.uz
Madaniyat

Saida Mirziyoyeva: "​Qoʻgʻirchoq teatri anʼanalarini asrab qolish men uchun alohida ahamiyatga ega"

Prezident Administratsiyasi rahbari Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatriga bordi. 

Saida Mirziyoyeva: "​Qoʻgʻirchoq teatri anʼanalarini asrab qolish men uchun alohida ahamiyatga ega"

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qoʻgʻirchoq teatridagi taasurotlari bilan boʻlishdi.

"Biz Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatriga borib, olam-olam zavq oldik. Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomosha qildik. Bu — inson irodasi va oʻzlikni anglash yoʻli haqidagi biz uchun ham qadrdon, sevimli asardir", deya yozadi Saida Mirziyoyeva.

​Rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlanishi bilan teatr hayoti yana jonlandi: bu yerda spektakllar namoyish etilyapti, bolalarning quvnoq ovozlari yangrayapti, ota-onalar farzandlari bilan jam boʻlyapti. Ushbu maskanning tarixiy qiyofasi, oʻziga xos ruhi avaylab saqlab qolingan: “Ertaklar shaharchasi”, zalning choʻyan eshiklari, karnay chalayotgan sozandalar siymosi, noyob shisha plafonlar, peshtoq kompozitsiyalari va mozaikalar qayta tiklandi.

"​Qoʻgʻirchoq teatri sanʼati anʼanalarini asrab qolish men uchun alohida ahamiyatga ega. Zero, qoʻgʻirchoq bolalar bilan muloqotda hamisha eng yaxshi vositachi boʻlib qoladi va ular tushunadigan tilda erkinlik, masʼuliyat, matonat, doʻstlik kabi muhim tushunchalar haqida soʻzlashishga yordam beradi", deya taʼkidlaydi PA rahbari.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid