platina.uz
Madaniyat

Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos Ibrohim Gʻofurov vafot etdi

U jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz”, “Azizim”, “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz”, “Qiyomat”, “Chingizxonning oq buluti” va boshqa asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. 

Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos Ibrohim Gʻofurov vafot etdi

Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos, tanqidchi va tarjimon Ibrohim Gʻafurov 89 yoshida vafot etdi.

Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻafurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi. 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. 1995 yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori boʻldi. U mazkur partiyaning raisi (1996 yildan), “Milliy tiklanish” gazetasining bosh muharriri edi.

Ibrohim Gʻafurov “Goʻzallikning olmos qirralari” (1964) “Unitilmagan bogʻ” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar soʻz” (1973), “Yam-yashil daraxt” (1976), “Yurak -alanga” (1980). “Lirikaning yuragi” (1982), “Sheʼriyat — izlanish demak” (1984), “Oʻttiz yil izhori” (1987), “Til erkinligi” (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi.

Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Doctoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E.Xeminguyey), “Qiyomat”, “Chingizxonnig oq buluti” (Chingiz oq buluti), “Yongʻin” (V.Rasputin) singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Oʻzbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Doʻstlik” ordeni sohibi (1995).

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid