platina.uz
Jamiyat

6 mingdan ortiq kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Fargʻona shahrida yashovchi fuqaro kelgusida sotish maqsadida oʻz xonadonida 3580 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini saqlayotganligi aniqlangan. 

6 mingdan ortiq kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

6 mingdan ortiq kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi 1974 y.t. fuqaro kelgusida sotish maqsadida oʻz yashash xonadonida 3580 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini saqlayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Boshqa holatda esa “Qoʻqon – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan, Qoʻqon shahrida yashovchi 1990 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib tekshirilganda, uning salon qismiga 2520 dona “Regapen” dori vositalari xufiyona tarzda yashirib qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda har ikki holat boʻyicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid