Si Szinpin yetti yil ichida ilk bor KXDRga boradi
Xitoy yetakchisi 8-9 iyun kunlari Kim Chen Inning taklifiga binoan KXDRga davlat tashrifi bilan boʻladi.

Si Szinpin yetti yil ichida ilk bor KXDRga boradi.
Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berishicha, Xitoy Raisi Si Szinpin 8-9 iyun kunlari mamlakat rahbari Kim Chen Inning taklifiga binoan KXDRga davlat tashrifi bilan boradi. Xitoy rahbari oxirgi marta 2019 yil bu davlatga kelgan.
"Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat ishlari boʻyicha raisi oʻrtoq Kim Chen Inning taklifiga binoan, Xitoy Kommunistik partiyasi bosh kotibi va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 8-9 iyun kunlari KXDRga davlat tashrifi bilan boradi", deyiladi xabarda.
Mart oyida Kim Chen In Shimoliy Koreya va Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik mustahkamlanishini taʼkidlagan edi.
Shimoliy Koreya rahbari Si Szinpinga Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibi etib qayta saylangani munosabati bilan tabriklagani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Kim Chen In xitoylik hamkasbining tabriknomasi u va partiyaning barcha aʼzolari uchun qoʻllab-quvvatlash va dalda belgisi ekanligini taʼkidladi.
