Saida Mirziyoyeva BMT mansabdorlari bilan muhim muloqotlar oʻtkazdi
Choʻllanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringi, biologik xilma-xillikni asrash hamda resurslardan oqilona foydalanish mavzulari muhokama qilindi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva assambleya doirasida BMT Bosh kotibi oʻrinbosari – UNEP ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik jamgʻarma bosh ijrochi direktori Klod Gaskon bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida mintaqamiz uchun gʻoyat muhim boʻlgan masalalar: choʻllanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringi, biologik xilma-xillikni asrash hamda resurslardan oqilona foydalanish mavzulari muhokama qilindi.

UNEP va GEF rahbariyatiga mamlakatimizdagi “yashil” islohotlarni qoʻllab-quvvatlayotgani hamda amaliy ekologik yechimlarni ilgari surishga qoʻshayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorlik bildirildi.
Saida Mirziyoyeva ularni jamgʻarmaning Samarqanddagi tarixiy Assambleyasi muvaffaqiyatli oʻtgani munosabati bilan tabrikladi.
