platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi mahsulot aylanmasi uch barobarga ortdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg iqtisodiy forumida nutq soʻzladi. Amalga oshirilayotgan hududlararo loyihalar hajmi 5 milliard dollarni tashkil etadi. 

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi mahsulot aylanmasi uch barobarga ortdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg iqtisodiy forumida nutq soʻzladi.

Prezident Oʻzbekiston uchun Rossiya mintaqadagi shunchaki qoʻshni emas, vaqt sinovidan oʻtgan strategik sherik va ittifoqchi ekanini qayd etdi.

Bugungi kunda oʻzaro munosabatlarimiz yangi davrga qadam qoʻydi. Hamkorlik koʻp darajali va koʻp qirrali tus oldi.

Mahsulotlarning oddiy savdo-sotigʻidan murakkab sanoat zanjirlari, texnologik alyanslar, birgalikda loyihalashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qadar boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdik.

Soʻnggi 10 yilda oʻzaro mahsulot aylanmasi uch barobardan koʻproq – 4 milliard dollardan 13 milliard dollarga oshdi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 50 milliard dollardan ortadi.

Ikki davlat hududlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil kengaymoqda. Amalga oshirilayotgan hududlararo loyihalar hajmi 5 milliard dollarni tashkil etadi, yana 5 milliard dollarlik investitsiyalar paketi tayyorlanmoqda.

“Energetika sohasidagi hamkorlikka alohida toʻxtalib oʻtmoqchiman. Investitsiya loyihalari, jumladan, Rossiya ishtirokidagi loyihalar hisobidan biz elektr energiyasi ishlab chiqarishni bir yarim barobar – 58 milliard kilovatt-soatdan 87 milliard kilovatt-soatga oshirdik.

2030 yilgacha generatsiyani 120 milliard kilovatt-soatgacha koʻpaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Uning 54 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalari tashkil etadi.

Bizning energetika sohasidagi quvvatlarimiz, shuningdek, Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida birinchi gibrid atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi hisobidan ham ortadi.

Kecha AES qurilishining birinchi poydevorini qoʻyish marosimida qatnashdik. Biz uchun bu uzoq muddatli rivojlanish, yangi muhandislik maktabini tayyorlash va ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirishga qaratilgan loyihadir.

Atomdan tinch maqsadlarda foydalanish boʻyicha boshqa sohalar – tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, sanoat va ilm-fanda ham hamkorlikda ish olib borish niyatidamiz”, – dedi Prezidentimiz.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid