Aktyor Jeyms Xendi Los-Anjelesda oʻldirib ketildi
Huquqni muhofaza qilish organlarining maʼlumotlariga koʻra, 44 yoshli oʻgay oʻgʻli Maykl Gledxill uni pichoqlagan.

Variety nashrining xabar berishicha, "Logan" va "Jumanji" filmlaridagi rollari bilan tanilgan amerikalik aktyor Jeyms Xendi Los-Anjelesda oʻldirib ketildi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining maʼlumotlariga koʻra, uning 44 yoshli oʻgay oʻgʻli Maykl Gledxill uni pichoqlagan.
Hodisadan soʻng, gumondor politsiyaga murojaat qilib, voqea haqida xabar bergan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari aktyorni uyining hovlisida ogʻir yaralangan holda topishgan. U shifoxonaga olib ketilgan, ammo shifokorlar uni qutqara olmagan.
Maykl Gledxill politsiyaga murojaat qilib, voqeani tan olgan. U hibsga olingan va garov puli 2 million dollar qilib belgilangan.
Jeyms Xendi bir necha oʻn yillik umrini kino va televideniyega bagʻishlagan. Uning aktyorlik faoliyati 1970 yillarda boshlangan. Bu vaqt ichida u oʻnlab filmlar va seriallarda, jumladan, "K-911", "Jumanji", shuningdek, "Qasr", va boshqa bir qator mashhur seriallarda rol oʻynagan.
