platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tabrikladi

Qirgʻiziston 2027-2028 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzosi etib saylandi. 

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti va qardosh xalqini mamlakatning 2027-2028 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzosi etib saylangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Oʻzbekiston yetakchisi mazkur muvaffaqiyat Qirgʻizistonning faol tashqi siyosati hamda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga qoʻshayotgan salmoqli hissasi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak eʼtirof etilayotganining yorqin ifodasi ekanini taʼkidladi.

Tomonlar xalqaro maydonda yaqindan muvofiqlashtiruv va oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Suhbat chogʻida davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga koʻtarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan, eng avvalo, iqtisodiyot, transport, energetika sohalarida, madaniy-gumanitar yoʻnalishdagi kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yetakchilar boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid