Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori bilan uchrashdi
Rafael Grossi Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishi marosimida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurdi.

Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.
Oliy martabali mehmon Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishi marosimida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurdi.
Muloqot davomida tashkilot bilan milliy yadro energetikasi infratuzilmasini yaratish, yadroviy tibbiyotni rivojlantirish va soha uchun kadrlar tayyorlash borasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
