platina.uz
Siyosat

Prezident Gonkong Administratsiyasi rahbarini qabul qildi

“Yashil” energetika, qishloq xoʻjaligi, biotexnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, fintex, innovatsion startaplar, sunʼiy intellekt va boshqalar ustuvor sohalar sifatida qayd etildi. 

Prezident Gonkong Administratsiyasi rahbarini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi Syangan (Gonkong) maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari Li Szyachao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot avvalida Li Szyachao davlatimiz rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston – Xitoy hamkorligini, shu jumladan, Gonkong bilan hududlararo almashinuvlar va amaliy hamkorlikni kengaytirish orqali yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat chogʻida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda. May oyida Pekin shahrida Hukumatlararo komissiya yigʻilishi va Sian shahrida uchinchi Hududlararo forum muvaffaqiyatli oʻtkazildi, Gonkongda iqtisodiy forum va sanoat koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi, Oʻzbekiston savdo uyi ochildi.

Oʻzbekiston hududlarining Gonkong bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi. Toshkent shahriga Gonkong ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat katta delegatsiya tashrif buyurgani ushbu yoʻnalishdagi sheriklikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Savdo-iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish, taʼlim, turizm va ishbilarmonlik almashinuvlarini rivojlantirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar va fuqarolarga konsullik xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi kompleks hamkorlik dasturini qabul qilish muhimligi taʼkidlandi.

“Yashil” energetika, qishloq xoʻjaligi, biotexnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, fintex, innovatsion startaplar, sunʼiy intellekt va boshqalar ustuvor sohalar sifatida qayd etildi.

Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish, shuningdek, Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish hamda yaqin fursatda Gonkong bilan ikki tomonlama asosda vizasiz tartibni joriy etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid