platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Gonkong oʻzaro vizasiz rejim joriy etishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Toshkentda Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi. 

Oʻzbekiston va Gonkong oʻzaro vizasiz rejim joriy etishi mumkin

Oʻzbekiston va Gonkong oʻzaro vizasiz rejim joriy etishi mumkin.

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Toshkentda Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Kachchiu bilan uchrashdi.

Gonkong rahbarining tashrifi Oʻzbekiston–Xitoy oʻrtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlaydi.

Muzokaralar davomida investitsiyalar, moliya, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, transport va logistika sohalaridagi istiqbolli yoʻnalishlarni muhokama qilindi.

Gonkongning xalqaro moliya va biznes markazi sifatidagi tajribasi hamda salohiyati Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va ilgʻor loyihalarni roʻyobga chiqarishda muhim oʻrin tutishini taʼkidlandi.

Shuningdek, hududlararo sheriklikni rivojlantirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi bevosita muloqotlarni kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida Oʻzaro vizasiz rejimni oʻrnatish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitimni tuzish niyati boʻyicha Verbal notalar almashildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid