platina.uz
Iqtisod

MobiUz aloqa kompaniyasi sotildi

Kompaniyaning qiymati 351 mln AQSh dollari darajasida baholangan boʻlib, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga 500 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritish rejalashtirilgan.

MobiUz aloqa kompaniyasi sotildi

MobiUz mobil aloqa kompaniyasi sotildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Universal Mobile Systems” MChJ (MobiUz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi sotilganini eʼlon qildi. Bu haqda Davaktiv xabar berdi.

AQShning “McKim and Company” kompaniyasi boshchiligidagi moliyaviy investorlar va sohaviy texnologik hamkor “JVR Enterprises LLC” ishtirokidagi konsorsium taklifi gʻolib deb topildi.

Qayd etilishicha, xususiylashtirish dasturlariga muvofiq tashkil etilgan jarayonda xalqaro investitsiya banki Rothschild & Co strategik maslahatchi, KPMG moliyaviy maslahatchi, Deloitte esa mustaqil baholovchi sifatida jalb etilgan.

Savdo jarayoni xalqaro bozorlarda keng targʻib qilingan. Maslahatchilarning global ofislari orqali 100 dan ortiq strategik va moliyaviy investor bilan individual muzokaralar oʻtkazilgan. Bitim haqidagi maʼlumotlar Bloomberg va Financial Times kabi xalqaro nashrlarda yoritilgan hamda investorlar uchun xalqaro road-show tadbirlari tashkil etilgan.

Ushbu taklifga muvofiq, MobiUz kompaniyasining qiymati 351 mln AQSh dollari darajasida baholangan boʻlib, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga 500 mln AQSh dollarigacha investitsiya kiritish rejalashtirilgan.

Bitim kuchga kirishi uchun tegishli tartibga soluvchi organlarning ruxsatnomalarini olish, shuningdek, belgilangan korporativ va huquqiy tartib-taomillarni yakunlash talab etiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid