platina.uz
Jamiyat

Sergelida tunu kun ishlovchi yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi

Koʻchadagi obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va zamonaviy infratuzilma yaratish ishlarini moliyalashtirish uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. 

Sergelida tunu kun ishlovchi yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi

​Toshkentning Sergeli tumanida 24/7 rejimida ishlovchi yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi. ​

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Sergeli tumanida zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratishga oid muhim qarorni imzoladi. Unga koʻra, tumandagi Yangi Sergeli koʻchasida 24/7 rejimida tunu kun ishlaydigan turizm koʻchasi barpo etiladi.

Koʻchadagi qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va zamonaviy infratuzilma yaratish ishlarini moliyalashtirish uchun 5 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Pul Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi. ​

Ajratilgan mablagʻlarning ijrosi boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent shahr Kengashiga hisobot kiritiladi. Qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari D.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid