Oʻzbekistonning xalqaro nufuzi yana bir pogʻonaga koʻtarildi
Fitch Ratings Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi prognozini barqaror darajasidan ijobiy darajaga oʻzgartirdi.

Oʻzbekistonning xalqaro nufuzi yana bir pogʻonaga koʻtarildi.
Fitch Ratings Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “Stable" - barqaror darajasidan “Positive" - ijobiy darajaga oʻzgartirilganini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva:
"Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir", - deya taʼkidladi.
Bu nimani anglatadi?
Bu xalqaro reyting agentligi mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etayotgani va kelgusida reytingning yanada yaxshilanishi uchun real asoslar mavjudligini tan olganini anglatadi.
Bu oʻzgarish mamlakat uchun amaliy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqaro investorlar va moliya institutlari reytingning oʻzigagina emas, balki uning kelajakdagi yoʻnalishiga ham katta eʼtibor qaratadi.
Hozirgi zamonda dunyo boʻylab sodir boʻlayotgan turli notinchliklar va iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi va mamlakat iqtisodiyotining tobora barqaror hamda raqobatbardosh boʻlib borayotganining yana bir yorqin isbotidir.
