platina.uz
Sport

Abduqodir Husanovning transfer narxi 50 million yevroga yetdi

Husanovning qiymati qariyb 43 foizga oshdi. Bu esa avvalgi narxiga nisbatan 1,4 barobar oʻsishni anglatadi.

Abduqodir Husanovning transfer narxi 50 million yevroga yetdi

Abduqodir Husanovning transfer narxi 50 million yevroga yetdi.

Transfermarkt portaliga koʻra, futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 15 million yevroga koʻtarilib, 50 million yevroga yetdi.

Buning natijasida Husanov Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hamda Angliya Premer-ligasidagi eng qimmat postsovet makoni vakiliga aylandi.

Shu tariqa, Husanovning qiymati qariyb 43 foizga oshdi. Bu esa avvalgi narxiga nisbatan 1,4 barobar oʻsishni anglatadi.

Oʻzbekistonlik himoyachining narxi soʻnggi mavsumdagi barqaror oʻyinlari va "Manchester Siti" safidagi ishonchli harakatlari ortidan oshirildi. Yangi baho bilan Husanov ayni paytda Osiyo qitʼasining eng qimmat futbolchisi boʻlib turibdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid