25 ta korxona ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etildi
Ular orasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, "Toza hudud" DM, "Shargʻunkoʻmir" AJ va boshqalar bor.

25 ta korxona ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etildi.
Raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan respublika miqyosida xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning tovar va moliya bozorlaridagi faoliyati hamda raqobat muhitini oʻrganish maqsadida tahlil ishlari amalga oshirildi.
Oʻtkazilgan tahlillar doirasida bozordagi asosiy ishtirokchilarning faoliyati turlari boʻyicha oʻrganildi.
Olib borilgan tahlillar natijasida, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, Raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining tegishli buyruqlari bilan ayrim xoʻjalik yurituvchi subʼektlarni oʻzlariga biriktirilgan hududlarda ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etildi.
Roʻyxat bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin. Ular orasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, "Toza hudud" DM, "Shargʻunkoʻmir" AJ va boshqalar bor.
Maʼlumot uchun: “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga koʻra, ustun mavqega ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subʼekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlsa, bunday holat ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etildi.
Eslatib oʻtamiz, "Raqobat toʻgʻrisidagi" Qonunning 18-moddasiga muvofiq ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari taqiqlanadi.
