platina.uz
Sport

1 iyundan futbolda yangi qoidalar kuchga kirdi

Zaxiraga olinayotgan futbolchi maydonni istalgan eng yaqin chiziq (yon yoki yuz chizigʻi) orqali roppa-rosa 10 soniya ichida tark etishi shart. Agar ulgurmasa, hakam unga sariq kartochka koʻrsatadi. 

1 iyundan futbolda yangi qoidalar kuchga kirdi

1 iyundan boshlab yangi qoidalar kuchga kirdi.

IFAB va FIFA tomonidan joriy qilingan hamda vaqtni choʻzish va sunʼiy ayyorliklarga chek qoʻyadigan yangi qoidalar kuchga kirdi:

Zaxiraga olinish uchun 10 soniya: Oʻzgarayotgan futbolchi maydonni istalgan eng yaqin chiziq (yon yoki yuz chizigʻi) orqali roppa-rosa 10 soniya ichida tark etishi shart. Agar ulgurmasa, hakam unga sariq kartochka koʻrsatadi. Eng muhimi, zaxiradan yangi oʻyinchi darhol maydonga tusha olmaydi, jamoa keyingi toʻxtalishgacha (kamida 1 daqiqa) 10 kishi boʻlib oʻynashga majbur boʻladi.

Tibbiyot xodimlari yordami – 1 daqiqa dam: Agar futbolchiga maydonda tibbiy yordam koʻrsatilsa, oʻyin qayta boshlangach, u kamida 1 daqiqa davomida maydon tashqarisida kutib turishi kerak. Faqat darvozabonlar, qoʻpollik sababli raqibga sariq yoki qizil kartochka koʻrsatilgan vaziyatlar va miya chayqalishi gumon qilingan holatlar bundan mustasno. Shuningdek, shifokorlar maydonda ekanligida jamoaning zaxira oʻrindigʻi oldida koʻrsatma olish uchun toʻplanishi qatʼiyan taqiqlanadi.

Toʻpni oʻyinga kiritish uchun 5 soniya: Hakam aut yoki darvozadan toʻp kiritishni ataylab choʻzayotganini koʻrsa, qoʻlini koʻtarib 5 soniyalik sanoqni boshlaydi. Agar aut qoidasi buzilsa, toʻp raqib jamoaga olib beriladi. Agar darvozadan toʻp kiritish choʻzilsa, jazolovchi chora sifatida raqib foydasiga burchak toʻpi belgilanadi. Darvozabon toʻpni qoʻlida 8 soniyadan ortiq ushlab tursa ham burchak toʻpi belgilanadi.

Janjal vaqtida ogʻizni yopish — qizil kartochka: Ziddiyatli vaziyatlarda (raqib yoki hakam bilan tortishuv paytida) nimanidir yashirish maqsadida ogʻzini qoʻli yoki libosi bilan yopgan istalgan futbolchiga toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka koʻrsatiladi. Agar butun jamoa norozilik belgisi sifatida maydonni tark etsa, oʻyin texnik magʻlubiyat bilan yakunlanadi.

VAR vakolatlari kengaytirildi:

VAR endilikda xato koʻrsatilgan ikkinchi sariq kartochkani va xato belgilangan burchak toʻpini bekor qila oladi.

VAR burchak yoki jarima toʻplari oʻyinga kiritilishidan avval hujumkor jamoa tomonidan qilingan qoidabuzarliklarni (masalan, raqib himoyachisini ataylab toʻsib qoʻyish) tekshirish va kiritilgan golni bekor qilish huquqiga ega boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid