platina.uz
Jamiyat

Samarqandda 4 kishi kanalda choʻkib ketdi

"Narpay" kanaliga tushib ketgan jami 8 fuqarodan 4 nafari aholi tomonidan qutqarib qolingan. 

Samarqandda 4 kishi kanalda choʻkib ketdi

Samarqandda 4 kishi kanalda choʻkib ketdi.

Joriy yilning 31 may kuni Samarqand viloyati FVBga “112” tizimi orqali yuk tashish uchun moʻljallangan elektromoped haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida unda boʻlgan 8 nafar fuqaro bilan Paxtachi tumani “Ukrach” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Narpay” kanaliga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan vaqtda kanalga tushib ketgan 8 nafar fuqarodan 4 nafari aholi tomonidan qutqarib qolinganligi maʼlum boʻlgan.

Shundan soʻng zudlik bilan suvda keng koʻlamli qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Qutqaruvchilar va aholi yordamida olib borilgan suvda qidiruv ishlari davomida qolgan 4 nafar fuqaro halok boʻlganligi aniqlanib, kanaldan olib chiqilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, Paxtachi tumani “Ukrach” MFYda yashovchi, 1984-yilda tugʻilgan fuqaro oʻz boshqaruvidagi elektromopedga jami 8 nafar shaxsni – turmush oʻrtogʻi hamda oʻzi va qoʻshni xonadondan 6 nafar voyaga yetmagan bolalarni mindirib, sayr qilayotgan boʻlgan.

Hozirda voqea joyida Paxtachi tumani prokuraturasi, IIB, FVB tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid