Saida Mirziyoyeva Venada xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi
Xalqaro tajriba orttirish, professional jihatdan oʻsish, vatan hamda jahonga naf keltirishni istaydigan yosh oʻzbekistonliklar doimo qoʻllanishi taʼkidlandi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venada xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi.

"Kecha Vena shahrida xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdim. Ular oʻz mehnati, bilimi va masʼuliyatliligi bilan kun sayin mamlakatimizga boʻlgan ishonchni yuksaltirib kelmoqda", deya taʼkidladi Saida Mirziyoyeva.

Vatandan uzoqda boʻlishlariga qaramay, Oʻzbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolayotganlari ayniqsa tahsinga loyiq. Bu kabi uchrashuvlar har safar oʻzgacha faxr tuygʻusini uygʻotadi. Yurtdoshlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda oʻz soʻzi va oʻrniga ega boʻlayotgani hamda global vazifalar yechimida faol ishtirok etayotganini koʻrish kishini ruhlantiradi, quvontiradi.

"Bunday malakali mutaxassislar safi yanada kengayishi juda muhim. Biz xalqaro tajriba orttirishni, professional jihatdan oʻsishni, vatanimiz hamda jahonga naf keltirishni istaydigan yosh oʻzbekistonliklarni doimo qoʻllab-quvvatlaymiz", deya xulosa qildi PA rahbari.
