platina.uz
Iqtisod

Qator subʼektlarga 8 mlrd soʻmdan ortiq qonunbuzilish holatlari boʻyicha chora koʻrildi

“Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan birja savdolarida manipulyatsiya harakatlari natijasida 4,3 mlrd. soʻmdan ziyod mahsulotlar realizatsiya qilingan. 

Qator subʼektlarga 8 mlrd soʻmdan ortiq qonunbuzilish holatlari boʻyicha chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan 6 ta subʼektga yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyishda 8 mlrd soʻmdan ortiq qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.

Qoʻmita tomonidan olib borilgan oʻrganish va tahlillarda Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori talablari buzilgan holatlari aniqlangan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda ish qoʻzgʻatilib, tegishli qaror va koʻrsatmalar berib borilmoqda.

Hududlar kesimida olib borilgan oʻrganishlardan:

Qashqadaryo viloyati

“Koson yogʻ kombinat” MChJ 7 ta holatda birjaga qoʻyilishi lozim boʻlgan oʻsimlik yogʻi, paxta sheluxa va paxta shroti mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotib, 91 mln soʻmdan ortiq daromad olgani aniqlandi.

Maxsus komissiya tomonidan korxonaga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilish holatlariga kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli koʻrsatma berildi hamda asossiz olingan daromad qayta hisob-kitob qilindi.

Namangan viloyati

“Pop sement” MChJ 2026 yil 1-choragida ishlab chiqarilgan sement mahsulotining kamida 50 foizini birja orqali sotish talabiga rioya qilmasdan, 4,3 ming tonna 2,4 mlrd soʻmdan ortiq sementni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotgani aniqlandi.

Maxsus komissiya tomonidan korxonaga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanildi, shuningdek qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Samarqand viloyati

“Humo Agro Platinum” MChJ va “Zomin Ishonch” MChJ tomonidan Jamgʻarma orqali birjadan xarid qilingan bugʻdoyni qayta ishlashdan olingan un mahsulotlari belgilangan muddat va hajmlarda birja savdolariga qoʻyilmagani aniqlandi.

Maxsus komissiya tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi va VMning 170-sonli qarori talablari buzilishi yuzasidan mazkur subʼektlarga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, natijasi boʻyicha belgilangan tartibda qonuniy taʼsir choralari qoʻllanildi.

Surxondaryo viloyati

“SURXONDARYODONMAHSULOTLARI” AJ Jamgʻarmadan birja orqali sotib olingan 485 tonna 3-sinf bugʻdoydan ishlab chiqarilishi lozim boʻlgan 364 tonna unni birjaga qoʻymagani, shuningdek 375 tonna 1-sort unni toʻgʻridan-toʻgʻri eksport shartnomasi asosida 1,2 mlrd soʻmdan ortiq qiymatda sotgani aniqlandi.

Maxsus komissiya tomonidan korxonaga nisbatan qaror qabul qilinib, moliyaviy jarimani ixtiyoriy toʻlash, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Toshkent shahri

“Shavkat Business Agro” MChJ, “Export Gold Agro” MChJ va “Flour Asia” MChJlar tomonidan Jamgʻarmadan birja orqali xarid qilingan bugʻdoyni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni birjaga qoʻymasdan bugʻdoyni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish holatlari yuzasidan qonunbuzilish alomatlari aniqlandi.

Mazkur subʼektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha Maxsus komissiya tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Toshkent viloyati

Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan monitoring davomida “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan 2026 yil aprel oyi davomida birja savdolariga qoʻyilgan koʻmir mahsuloti tasdiqlangan grafikda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qoʻyilmagani, reja-jadval buzilgani manipulyatsiya harakatlari natijasida 4.3 mlrd. soʻmdan ziyod mahsulotlar realizatsiya qilinganligi aniqlandi.

Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Oʻzbekkoʻmir” AJga qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid