platina.uz
Iqtisod

Prezident qarori: yoshlarga imtiyozli kreditlar beriladi

Xorijiy til va raqamli texnologiyalarni oʻrganish hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi boʻyicha oʻqish xarajatlarini moliyalashtirish uchun 20 mln soʻmgacha beriladi. 

Prezident qarori: yoshlarga imtiyozli kreditlar beriladi

Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi.

“Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–210-son, 01.06.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, AT “Aloqabank” tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshga toʻlmaganlarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi:

- sugʻurta polisi taʼminoti yoki 3-shaxs kafilligi asosida 100 mln soʻmgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar boʻyicha ajratish:

-yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni oʻrganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi boʻyicha oʻqish xarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 mln soʻmgacha;

- zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) doʻkonlar tashkil etish va oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun – 50 mln soʻmgacha;

- kasanachilik, toʻqimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun – 50 mln soʻmgacha;

-novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalarga – 100 mln soʻmgacha.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid