Prezident amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgda boʻladi
Shavkat Mirziyoyev 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi.
Davlatimiz rahbari “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yoʻl” shiori ostida oʻtadigan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.
Oʻzbekiston yetakchisi jahon iqtisodiyotidagi vaziyat, Oʻzbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashadi, shuningdek, mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtadi.
Tashrif dasturida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazish hamda yurtimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish koʻzda tutilgan.
