platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi oʻsdi

2026 yilning I choragida mikromoliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 11,2 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 8 barobarga koʻp. 

Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi oʻsdi

Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi oʻsdi. Bu haqda Markaziy bank sharhida aytiladi.

2026 yilning I choragida mikromoliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 11,2 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan qariyb 8 barobarga oshgan.

Koʻrsatilgan xizmatlarning asosiy qismini “Murobaha” shartnomasi tashkil etib, ularning hajmi 7,7 mlrd soʻmga yoki jami xizmatlarning 69 foiziga teng boʻldi. Shuningdek, “Muzoraba” xizmatlari 2,1 mlrd soʻmni (19 foiz), “Islomiy ijara” xizmatlari esa 1,4 mlrd soʻmni (12 foiz) tashkil etdi.

Mijozlar tarkibida yuridik shaxslar yetakchilik qilib, ular hissasiga 5,2 mlrd soʻmlik xizmatlar toʻgʻri keldi.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ulushi mos ravishda 2,9 mlrd soʻm va 3,1 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Hududlar kesimida xizmatlarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, bu yerda 10,6 mlrd soʻmlik islomiy moliyalashtirish xizmatlari koʻrsatildi. Namangan viloyatida esa ushbu koʻrsatkich 670 mln soʻmni tashkil etdi.

Natijalar islomiy moliyalashtirish xizmatlariga boʻlgan talab ortib borayotganini hamda mikromoliya bozorida ushbu yoʻnalish bosqichma-bosqich rivojlanayotganini koʻrsatmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid