Oʻzbekiston Kanadaga magʻlub boʻldi
Xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobi qayd etildi. Milliy terma jamoa JChdan oldin tarkibni sinovdan oʻtkazdi.

Bugun Kanada va Oʻzbekiston oʻrtasida xalqaro oʻrtoqlik oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda kanadaliklar gʻalaba qozondi.
Birinchi boʻlim deyarli teng kurashlar ostida oʻtdi. Eldor Shomurodov xavfli vaziyatlar yaratib, undan foydalana olmadi.
Lekin ikkinchi taymda kurash keskin tus oldi. 57-daqiqada Jonatan Osoriya hisobni ochdi.
Oʻyinning soʻnggi daqiqasida esa himoyachilarimizning xatosi sabab ikkinchi gol kiritildi.
Xalqaro oʻrtoqlik oʻyini
Kanada – Oʻzbekiston 2:0
Gollar: Osoriya 57, Nelson 90+1
