platina.uz
Siyosat

Venada tarixiy kun: Global kun tartibini Oʻzbekiston boshlab berdi

Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Venadagi BMT sessiyasida barcha davlatlar ichida birinchi boʻlib Milliy maʼruza bilan chiqish qildi. 

Venada tarixiy kun: Global kun tartibini Oʻzbekiston boshlab berdi

Bugun Venada global xavfsizlik va huquq-tartibotni belgilovchi eng yirik platforma — BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Dunyoning 175 davlatidan 1,5 mingdan ziyod yuqori martabali vakillar, vazirlar va xalqaro ekspertlarni jamlagan ushbu anjuman Oʻzbekiston diplomatiyasi va davlat siyosati uchun yangi tarixiy bosqichni boshlab berdi.

Vena sammitida Oʻzbekistonga koʻrsatilayotgan misli koʻrilmagan ehtirom Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni koʻzlagan strategik islohotlari, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan siyosati va faol xalqaro tashabbuslari jahon miqyosida toʻliq tan olinganining yaqqol isbotidir.

Aprel oyida Oʻzbekiston ushbu BMT Komissiyasiga ilk bor aʼzo boʻlgan edi. Bugun esa Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi barcha davlatlar ichida birinchi boʻlib Milliy maʼruza bilan chiqish qildi.

Unda Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nutq soʻzladi.

“Kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zoʻravonlik chegara bilmaydi. Shu sababli ularga qarshi ochiq muloqot, oʻzaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlik orqali birgalikda kurashishimiz zarur”, - dedi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid