platina.uz
Madaniyat

Tadbirkorlar, yirik kompaniyalarning adabiyot, madaniyat va sanʼatga ajratgan mablagʻlari soliqqa tortilmaydi

​Davlat va xususiy teatrlari spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga byudjetdan qoʻshimcha 10 ming soʻmdan gonorar oladi. Yaʼni mingta bilet sotsa, teatrga qoʻshimcha 10 million soʻm beriladi. 

Tadbirkorlar, yirik kompaniyalarning adabiyot, madaniyat va sanʼatga ajratgan mablagʻlari soliqqa tortilmaydi

Har yili 100 nafar yoshning davlat hisobidan xorijiy madaniyat-sanʼat dargohlarida taʼlim olishi yoʻlga qoʻyiladi.

– Yurtimizdagi yosh isteʼdodlarni aniqlab, yuzaga chiqaradigan, prodyuserlarni qoʻllab-quvvatlaydigan biznes loyihalarini koʻpaytirish maqsadida “Ijodga investitsiya” jamgʻarmasi tashkil etiladi va yiliga 200 milliard soʻm beriladi.

– Shoir va yozuvchilarga yiliga kamida 50 ta eng sara asar uchun ijodiy buyurtma berish yoʻlga qoʻyiladi.

– Har yili oʻzbek adabiyotining eng yaxshi 10 ta asari xorijiy tillarga tarjima qilinadi va mualliflar ishtirokida chet ellarda taqdimotlar oʻtkaziladi.

– Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida chop etiladigan kitoblarning qogʻoz bilan bogʻliq xarajati davlat tomonidan qoplanadi.

– yosh isteʼdodlarning sheʼriyat bilan sanʼatni uygʻunlashtirgan sheʼriy konsertlar tashkil etish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi. Ushbu yoʻnalishda taqdim etiladigan eng sara 100 ta loyiha davlat hisobidan moliyalashtiriladi.

Har yili 500 ming oʻqituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol oʻquvchi va talabalarga, 100 ming ehtiyojmand oila va nogironligi bor bolalarga teatr, kino va konsertga bepul vaucher taqdim etiladi.

Bundan tashqari, 1 iyuldan har bir tuman va mahallada konsert-tomosha oʻtkazish xarajatining 20 foizgacha qismi byudjetdan qoplab beriladi.

Tadbirkorlar, yirik kompaniyalarning adabiyot, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish maqsadida yoʻnaltirgan homiylik mablagʻlari ham soliqqa tortilmaydi.

​– Endi viloyat hokimliklari huzurida alohida direksiya faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Direksiyalar konsert, teatr, madaniyat saroylari zallarini toʻliq ishlatish, har kuni madaniy tadbirlar tashkil qilishga masʼul boʻladi.

​1 sentabrdan boshlab xususiy teatrlar va teatr-studiyalariga har yili 50 ta sahna asari yaratish xarajati davlat tomonidan qoplab beriladi, davlat madaniyat obʼektlari bepul foydalanish uchun ajratiladi, xususiy binoni ijaraga olsa, oyiga 20 million soʻmgacha xarajati byudjetdan qoplanadi.

​Davlat va xususiy teatrlari spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga byudjetdan qoʻshimcha 10 ming soʻmdan gonorar oladi. Yaʼni mingta bilet sotsa, teatrga qoʻshimcha 10 million soʻm beriladi. Agar ijodkorlar sahna asarini hududlarga chiqib namoyish qilsa, gonorar miqdori 20 ming soʻmdan boʻladi.

​Yangi oʻquv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va sanʼat maktabidagi oʻqituvchilarning oyligi ham umumtaʼlim maktablari bilan bir xil boʻladi.

​Umumtaʼlim va musiqa maktabi oʻqituvchilari ish haqiga oʻquvchilarining cholgʻularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama toʻlanadi.

​Yangi oʻquv yilida kamida 1,5 million oʻquvchini musiqa va sanʼatga jalb qilish muhimligi koʻrsatib oʻtildi. Buning uchun 326 ta musiqa va sanʼat, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumtaʼlim maktablari oʻrtasida ijodiy hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid