platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva BMT bosh kotibi oʻrinbosari bilan uchrashdi

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi ijrochi direktori etib tayinlangan Monika Juma ilk uchrashuvini Oʻzbekiston vakili bilan oʻtkazdi. 

Saida Mirziyoyeva BMT bosh kotibi oʻrinbosari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston global tashabbuslarni shakllantiruvchi va boshqaruvchi davlatga aylandi.

BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, tashkilotning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma yangi maqomdagi ilk uchrashuvini Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bilan oʻtkazdi.

Shuningdek, u ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga qaratilgan Oʻzbekistonning sayd-iventida shaxsan ishtirok etdi.

Eʼtiborlisi, sessiya doirasida jahonning turli davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan 100 ga yaqin parallel tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Monika Juma esa ushbu yuzlab tadbirlar ichidan faqat Oʻzbekiston tomonidan tashkil etilgan maxsus sessiyada qatnashdi.

Venada kuzatilayotgan bunday yuksak ehtirom va tarixiy qadamlar Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda qonun ustuvorligi, bolalar va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy adolatni taʼminlash borasida tashlangan qatʼiy qadamlarning xalqaro miqyosdagi mevasidir.

Oʻzbekiston endilikda BMT platformalarida shunchaki tavsiyalarni qabul qiluvchi emas, balki global tashabbuslarni shakllantiruvchi va boshqaruvchi asosiy ishtirokchiga aylanib ulgurdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid